hujayra.uz
4.87K subscribers
1.17K photos
178 videos
71 files
1.54K links
Bu kanalda biologiyaning turli sohalariga oid xabarlar, kashfiyotlar, faktlar hamda umuman ilm-fan haqida yozib boriladi.

Kanal Dr. Baxtiyor Sheraliyev tomonidan yuritiladi.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu videoda amyobaning infuzoriyalardan tulefka va stentorni qanday qilib qamrab olayotgani va hazm qiluvchi vakuola hosil qilayotganini ko'rishingiz mumkin.

Kanalga ulanish:
t.me/hujayrauz
​​Turlarni himoya qilish

Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (IUCN) ning "Qizil kitob" iga kiritilgan turlarning muhofaza qilish darajasi bir necha turlarga bo'linadi. Ushbu ro'yxatga "Qirilib ketgan" kategoriya bilan kiritiladigan hayvonlar ikki guruhga bo'linadi:
1) Yo'qolib ketgan - EX
2) Yovvoyi tabiatdan yo'qolib ketgan - EW

Birinchi guruhga (EX) Yer yuzidan batamom qirilib ketgan tirik organizmlar kiritiladi. Tabiat qonunlariga ko'ra turlar tabiiy sharoitda o'zaro yashash uchun kurash munosabatida bo'lar ekan, ularning tabiiy ravishda qirilib ketish holati ham yuz beradi. Mark Nyumanning ma'lumotiga ko'ra har qanday tur paydo bo'lganidan so'ng 10 mln yil o'tib Yer yuzidan tabiiy ravishda qirilib ketar ekan, "tirik qazilma" hayvonlar bundan mustasno. Lekin so'nggi vaqtda odam faktori sababli turlarning qirilib ketish tezligi bir muncha tezlashgan. Yer yuzidagi tirik organizmlarnign 99,9%i odamzot paydo bo'lguncha qirilib ketgan deb hisoblanadi. Jumladan, so'nggi 500 yil davomida odamzotning ta'siri ostida 844 turdagi hayvonlar Yer yuzidan butunlay qirilib ketgan. Qirilib ketgan hayvonlarning aksariyat qismi qazilma holdagi qoldiqlaridan ma'lum bo'lib, ularni tirik holatda olimlar tomonidan qayd qilish holati kuzatilmagan. Ayrim olimlarning hisoblashlaricha hozirgi mavjud turlarning yarmi 2100 yilga borib butunlay qirilib ketishi mumkin. Lekin shunday bo'lsada olimlar Yer yuzidan hayvon va o'simliklarning inson faktori ta'sirida qirilib ketish holatini aniq baholash qiyin ekanligini ta'kidlashadi.

Yer yuzidan butunlar qirilib ketgan mashhur hayvonlarga qushlardan moa, qanotsiz gagarka, Karolina to'tiqushi, kuluvchi ukki; sutemizuvchilardan Turon yo'lbarsi, tarpan, tur, xaltali bo'ri, Stellerov sigiri kabilarni ko'rsatish mumkin.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
Xona o'simliklari katalogi.pdf
5.7 MB
Ushbu katalog orqali xona o'simliklarining nomi, vatani, oilasi, necha haroratda o'stirilishi, ularni parvarishlash va ko'paytirishga oid ma'lumotlar bilan tanishasiz.

Kanalga ulanish
t.me/hujayrauz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu video orqali 7 hafta davomida baqaning tuxum holatidan to yetuk organizmga aylangungacha bo'lgan holatini ko'rishingiz mumkin.

Kanalga ulanish:
t.me/hujayrauz
​​Fototropizm

Yorug'lik ta'sirida o'simlik o'sish o'rganlari yo'nalishining yoki hayvonlarda tana holatining o'zgarishiga fototropizm deb atalanadi.

Fototropizmning quyidagi turlari farqlanadi:

a) ijobiy fototropizm - bunda o'simlikning o'sish yo'nalishi yorug'likka tomon yo'naladi. O'simlik bevosita poyasini bukish orqali buni amalga oshiradi.
b) Plagiotropizm - bunda o'simlik yorug'likka qarab poyasini bukish orqali qaramasdan aksincha barg plastinkalarining holati o'zgartiradi va ular yorug'lik tushadigan burchak ostida joylashadi.
c) manfiy fototropizm - bunda o'simlikning o'sishi yorug' tushadigan tomonga qarama-qarshi holatda yuz beradi. Bu aksariyat o'simliklarning ildizi uchun xos. Shu bilan birga plyush o'simligining novdasida manfiy fototropizmni kuzatsa bo'ladi.

Ijobiy fototropizm holatini quyida 👇 beriladigan videodagi o'simlik misolida ham ko'rishingiz mumkin.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu videoda ijobiy fototropizm hodisasini kuzatishingiz mumkin.

Video Youtube portalidagi Gphase kanalidan olindi.

Kanalga ulanish:
t.me/hujayrauz
Xona o'simliklari.pdf
3 MB
Ushbu uslubiy tavsiyada xona o'simliklariga xos xususiyatlar juda sodda til va ko'rinishda bayon etilgan.

Kanalga ulanish:
t.me/hujayrauz
​​Bugun mana vanihoyat 1000 talik marrani bosib o'tdik!

Buning uchun kanalimizning barcha muxlislariga kattakot rahmat! Biz bilan biologiyaning ko'p qirralarini o'zingiz uchun kashf etasiz. Biz bilan birga bo'ling, do'stlaringizga ham kanalimizni tavsiya qiling. Jamoamiz bilan Sizlarga xizmat qilayotganimizdan mamnunmiz!
​​Savolning javobi

O'tgan galgi so'rovnomamizda O'zbekiston florasidagi o'simliklardan biri haqida so'ragan edik. So'rovnomada qatnashgan 62 nafar ishtirokchining 60 foizi savolda so'ralgan o'simlik nomini to'g'ri topa olishgan. Bu haqiqatdan ham beh o'simligi edi.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​LAVANDA OʻSIMLIGINING GENOMI TOʻLIQ OʻRGANILDI

Kanadaning Brok hamda Britaniya Kolumbiyasi universitetlari genetik olimlari tomonidan dunyoda keng miqyosda oʻstiriladigan, iqtisodiy jihatdan muhim boʻlgan torbargli lavanda (Lavandula angustifolia) oʻsimligining genomi toʻliq oʻrganildi.

Lavanda shu nomli turkumga mansub oʻsimlik boʻlib, ularning bir-biridan morfologik jihatdan farq qiluvchi 32 turi mavjud. Ular orasidagi bir nechta turlar, jumladan torbargli lavanda, kengbargli lavanda (Lavandula latifolia), ularning chatishtilishidan hosil qilingan lavandin nomli nav butun dunyo boʻylab keng miqyosda ekiladi. Ushbu oʻsimlikdan olinadigan maxsus efir moylari parfyumeriyada, farmatsevtika preparatlari, kosmetika mahsulotlari tayyorlashda hamda antiseptika maqsadlarida keng foydalaniladi.
Yillik ishlab chiqarish miqdori 1500 tonnaga teng ushbu mahsulot parfyumeriya sanoatiga bir necha milliard dollar mablagʻ olib keladi.

Oʻsimlikning efir moyi hosil qilishi, uni ajratishi va toʻplanishiga javobgar genlarning tuzilishi va ishlash mexanizmini yaxshiroq tushinish maqsadida Brok universitetidan Sohel Mahmud va Britaniya Kolumbiyasi universitetidan Ping Liang birgalikda torbargli lavanda genomini toʻliq aniqlash loyihasiga qoʻl urdilar.

Tadqiqotchi professor S.Mahmud bu haqida: “Biz lavandalarni uzoq vaqt mobaynida oʻrgandik. Ushbu oʻsimlikning oʻziga xos jihatlari bizni hayratga solar edi. Qanday qilib u bunchalik qurgʻoqchilikka va kasalliklarga chidamli boʻlgan? Aynan nima uning hidini bunchalik muattar qilmoqda? Biz mana shu savollar qarishida javob izlashga urindik”, - deydi.

Olimlarning aniqlashlaricha lavanda genomi 870 mln nukleotidlar juftligidan iborat boʻlib, uning 48 foizini takrorlanuvchi qismlar tashkil etadi. Genomda jami 62141 ta oqsil va 2003 ta RNK kodlovchi gen mavjud.

Tadqiqotchilarning eʼtirof etishicha ana endi olimlar lavanda genomini tahlil etgan holda u haqida yanada koʻproq maʼlumotlarga ega boʻlishlari mumkin. Lavanda genomi asosida uning iqtisodiy koʻrsatkichlari ustidagi izlanish olib borish tadqiqot loyihasining navbatdagi qismi hisoblanadi. Eng muhimi uning genetik xaritasi tomon asosiy yoʻl endi mavjud va tadqiqotchilar genetik material asosida lavandadan olinadan qimmatbaho efir moylari ishlab chiqarilishini nazorat qilishlari, kerakli yoʻnalishga yoʻnaltirishlari yohud yaxlit holatda ushbu oʻsimlik genlari qanday faoliyat yuritishini aniqlashlari mumkin boʻladi.

Aksariyat yuqori mahsuldorlikka ega lavanda turlari efir moylari bilan birgalikda ayrim istalmagan moddalarni ham ishlab chiqarishadi, jumladan kamfora.
Lavanda efir moylarining sifati moy tarkibidagi uning oʻziga xos yoqimli hidini belgilab beruvchi fitokimyoviy moddalarning miqdoriga chambarchas bogʻliq. Kamfora moddasi esa lavanda efir moyi tarkibiga kirib uning hidiga oʻziga xos yoqimsiz hid berishi bilan mahsulot sifatining tushishiga, shu bilan birga mahsulot narxining pastlashiga sabab boʻladi. Yuqoridagi tadqiqot natijalari esa tadqiqotchilarga ushbu istalmagan moddalar sintezini nazorat qilish imkonini beradi.
Tadqiqot natijalari xalqaro Planta ilmiy jurnalida chop etildi.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Yirtqich baliq - piranya

Xaratsisimon (Characiformes) baliqlar turkumiga oid piranyalar oilasiga dunyo bo'yicha 97 tur baliq kirib, ularning deyarli barchasi Janubiy Amerika qit'asida tarqalgan. Ayrim turlari akvariumlarda boqiladi. Boshqa baliq oilalaridan o'zlarining o'tkir jag'lari mavjudligi bilan farqlanib turadi.

Piranyalarning o'lchami 15 sm dan (oddiy piranya) 108 sm gacha (qo'ng'ir paku) bo'ladi. Jag'larining tuzilishi o'z o'ljasi tanasidan katta go'sht bo'lagini tishlab uzib olish imkonini beradi. Odatda o'ljaga jamoa bo'lib tashlanadilar. Tabiatdagi ozuqalari esa o'simlik urug'lari, mevalar, barglar, ba'zan esa umurtqasiz ayrim umurtqali hayvonlar hisoblanadi.

Tishlarining tuzilishi uchburchak shaklida bo'lib, uzunligi 4-5 mm keladi...

Maqolaning davomida quyidagi manzil orqali hujayra.uz saytida o'qishingiz mumkin.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
Tonggi qahvangiz sizga yetib kelguncha mana shu bosqichlarni bosib o'tadi.

Kanalga ulanish:
t.me/hujayrauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu videoda yomg'ir chuvalchangining anatomiyasi haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

Video ingliz tilida.

Kanalga ulanish:
t.me/hujayrauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu video orqali oq qon tanachalari (leykotsit) hujayralarining qanday hosil bo'lishi kuzatishingiz mumkin.

Video ingliz tilida

Kanalga ulanish:
t.me/hujayrauz
​​Hosil qiluvchi to'qima - meristema

Meristema
bu o'simlikning butun umri davomida o'zining faol ko'payish xususiyati va fiziologik faolligi saqlab qoluvchi, o'simlik umumiy massasining doimiy ortib borishiga sabab bo'luvchi, shu bilan birga boshqa muhim to'qimalarni hosil bo'lishiga javobgar to'qimalarning umumiy nomi hisoblanadi.

O'simlik hujayralari ixtisoslashgandan so'ng o'zining ko'payish xususiyatini yo'qotadi, shu bilan birga ular boshqa tipdagi hujayralarga aylana olmaydi. Meristema hujayralari juda oz ixtisoslashgan yoki umuman ixtisoslashmagan bo'ladi. Meristema hujayralari boshqa hujayralardan farqli ravishda mayda bo'lib, hujayraning asosiy qismini sitoplazma tashkil etadi. Yadrosi yirik, hujayra hajmining yarmini tashkil etadi, membranasida juda ko'p poralar mavjud. Vakuolalari nihoyatda kichkina. Shakllangan plastidalar mavjud emas. Hujayralar o'zaro zich joylashgan, hujayralararo moddasi kam bo'ladi.

Meristema to'qimasining uch turi farqlanadi: apikal (uchki qismda), interkalyar (o'rtada) va lateral (yon tomonda).

Maqolani to'liq holatda hujayra.uz saytida o'qishingiz mumkin.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Kalanxoe

Kalanxoe - toshyorardoshlar oilasiga mansub sukkulent o'simliklar turkumi bo'lib, ularning Madagaskar, tropik Afrika, Janubi-sharqiy Osiyo va tropik Janubiy Amerikada 125 turi tabiiy holda o'sadi. Aksariyat turlari xona o'simligi sifatida o'stiriladi.

Biologik tavsifi

Kalanxoe turkumi vakillari sukkulent o'simliklar bo'lib, ularning kattaligi bir necha sm dan 3-4 metrgacha yetadi. Ularning orasida ko'p yillik o'tsimon formalar bilan birgalikda liana va epifitlar ham uchraydi. Aksariyat turlarining barg chetida va to'pgulida ajratuvchi kurtakchalar hosil bo'lib, ulardan yangi o'simlik hosil bo'ladi.

Muhim turlari

Kalanxoening quyidagi turlari ancha mashhur hisoblanadi:
Blossfeld kalanxoesi (Kalanchoe blossfeldiana). Vatani Madagaskar. Silliq bargli, kamshoxlanuvchi, bo'yi 30 sm ga yetadigan ko'p yillik o't. 1934 yilda nemis botanigi Karl fon Pyollnits tomonidan fanga kiritilgan. Barglari tuxumsimon, chetlarida qizil hoshiyalari mavjud. Gullari qizil, pushti, sariq va sabzirangda bo'lib, diametri 1 sm gacha yetadi. Poya uchidagi to'pgulda joylashgan. Qish boshida yoz boshigacha gullaydi. Xona o'simligi sifatida keng tarqalgan.

Tarqalishi va ekologiyasi
Kalanxoe turkumining vakillari Eski dunyo o'simliklari hisoblanib, (davomi...)

Maqolani to'liq holatda
hujayra.uz saytida o'qishingiz mumkin.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu video orqali dengiz yulduzlari tanasining tuzilishi bilan batafsil tanishishingiz mumkin bo'ladi.

Video ingliz tilida.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu video orqali DNK molekulasi haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

Video ingliz tili.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Hujayraning bo'linishi

Tirik organizmlarning deyarli barchasi hujayralardan tashkil topgan. Hujayralar esa bo'linish yo'li bilan ko'payadi. Bo'linishning asosan ikki: mitoz va meyoz turlari mavjud. Eukariot organizmlarning somatik hujayralari deyarli faqatgina mitoz usulida, jinsiy hujayralari esa meyoz usulida ko'payadi. Prokariot organizmlarning hujayralari odatda teng ikkiga bo'linish yo'li bilan bilan ko'payadi (teng ikkiga bo'linib ko'payishni amitoz bilan adashtirmang).
Odam hayoti davomida hujayralarning bo'linib ko'payishi oqibatida 10 kvadrillion (15 ta noli bor) hujayra hosil bo'ladi.
Hujayralarning bo'lib ko'payishini ilk marotaba mikroskop ostida nemis botanik olimi Hyugo fon Mohl yashil suv o'ti Cladophora glomerata hujayralarini tekshirish vaqtida kuzatadi.

Bugungi postda biz hujayralarning bo'linish usullari haqida emas, balki hujayralar bo'linishining chegarasi mavjud yoki mavjud emasligi haqida fikrlashamiz.

Ko'p hujayrali organizmlarda hujayralar bo'linib borar ekan, organizm miqdor jihatdan ham o'sib boradi. Lekin shunday bo'lsa ham hujayralar bo'linib ko'payishining ma'lum bir chegarasi mavjud. Masalan, odamlarda hujayra o'rtacha 52 marta bo'lingandan keyin bo'linishdan to'xtaydi. Buni fan tilida Hayflik fenomeni (yoki Hayflik chegarasi) deb ataladi. Bu holat quyidagicha tushuntiriladi. Hujayralar bo'linish vaqtida ularning xromosomalar nasl aparatni ikki hissa orttirish uchun DNK molekulasini replikatsiya qilishga undaydi. Bilamizki xromosomalarning oxirgi uchlarida telomerlar joylashgan. Hujayra bo'linib ko'payar ekan, mana shu telomerlar qisqarib boradi va qaysidir nuqtaga yetgandan so'ng ular tugaydi. Bu esa hujayra bo'linishini to'xtatadi. Bo'linish xususiyatini yo'qotgan hujayralar qari hujayralar deb nomlanadi. Ular asta sekinlik bilan autofagiyaga uchrab nobud bo'ladi.

Saraton hujayralarida esa ko'p miqdorda telomeraza fermenti mavjud bo'lganligi uchun, ushbu ferment xromosomalarning uchki qismidagi telomerlarning qayta tiklanishiga yordam beradi. Bu esa o'z navbatida saraton hujayralarining o'lmasligini ta'minlaydi. Ular tinimsiz va cheklanmagan miqdorda ko'payish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Ammo lekin Nobel mukofoti sovrindori Aleksis Karrel hujayralar bo'linish chegarasi mavjudligi haqidagi Leonard Hayflikning ushbu nazariyasini rad etadi va har bir normal hujayra o'lmas deb yozadi. Karrelning tandiqlari va xulosalaridan so'ng Hayflik o'z fikrlariga shubha qila boshlaydi. Shundan so'ng laboratoriyada o'z xulosalarini qayta va qayta tekshirib ko'rish natijasida haqiqatdan ham Hayflik chegara mavjud ekanligini aniqlaydi. Keyin boshqa bir qancha olimlar tajribalarda Hayflik natijalarini takrorlashadi.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
Hurmatli biolog do'stlar, mamlakatimizda o'zbek tilidagi ilmiy tadqiqot yangiliklari va tahliliy maqolalarni ko'paytirish maqsadida turon24.uz sayti bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydik. Saytning Fan va texnologiyalar bo'limi orqali biz tomonimizdan tayyorlanayotgan biologiya, genetika, tibbiyot, paleontologiya kabi fanlarga oid dunyoning eng so'nggi tadqiqot ishlari haqidagi maqolalar bilan tanishib borishingiz mumkin. Hozirgi vaqtgacha 10 dan ortiq maqolalarni e'lon qilishga ulgurdik. Bundan tashqari ilmiy mavzudagi tahliliy maqolalarimizni ham ushbu saytdan topasiz. Fan va jahon yangiliklari bilan hamnafas bo'lmoqchi bo'lsangiz turon24 saytini kuzatib boring!