hujayra.uz
4.85K subscribers
1.17K photos
178 videos
71 files
1.54K links
Bu kanalda biologiyaning turli sohalariga oid xabarlar, kashfiyotlar, faktlar hamda umuman ilm-fan haqida yozib boriladi.

Kanal Dr. Baxtiyor Sheraliyev tomonidan yuritiladi.
Download Telegram
​​Tillarang sug’uro’t - Adonanthe chrysocyatha (Hook. f. & Thomson) Sennikov
#qizil_kitob

Kamyoblik darajasi 2. Oʻzbekistonda soni kamayib borayotgan kamyob tur.
Qisqacha tavsifi. Shoda ildizli, koʻp yillik oʻt. Ildizining yo’gʻonlashgan yuqori qismi (kaudeks)dan 10-20 ta poya oʻsib chikadi. Barglari patsimon boʻlingan, uzunligi 10-30 sm, yopirma barglari uzun bandli, poyadagilari esa bandsiz. Poyalarining uchida yirik, diametri 4-5 sm keladigan tillarang gullar oʻrnashgan. Mevasi tuxumsimon, ilmoqsimon oʻsimtaga ega. Iyun-iyul oylarda gullab, mevasi avgustda pishadi.
Tarqalishi. Fargʻona viloyati: Oloy tizmasining Shohimardon daryosi havzasida tarqalgan. Bundan tashqari, Sinszyan (gʻarbiy Xitoy), Tibet, shimoli-gʻarbiy Himolay togʻida uchraydi.
Oʻsish sharoiti. 2400-3000 m balanlikdagi togʻlarning mayin tuprokli va shagʻalli yonbagʻirlarida oʻsadi.
Soni. Shohimardon daryosi havzasida 1000 gektarga yaqin maydonni egallaganligi aniqlangan.
Ko’payishi. Urugʻidan koʻpayadi.
Oʻsimlik soni va arealining oʻzgarish sabablari. Urugʻining unib chiqish darajasi nihoyatda pastligi hamda turlararo raqobatchilikda zaifligi tufayli koʻpayishi qiyin, koʻp urugʻlarining yetilmay gʻolishi, 50 foizida murtak boʻlmasligi sabab boʻlmokda. Urugʻining unishi 10-20 foizni tashkil etadi. Guli hosil boʻlguncha oradan 6-7 yil oʻtadi. Bu davrda yosh oʻsimliklarning 90 foizi qurib qoladi.
Madaniylashtirilishi. Bu oʻsimlik boshqa yerga urugʻidan, bachkisidan yoki tupi bilan koʻchirib ekilganda koʻkarmadi. Laboratoriya sharoitida ham urugʻidan oʻsmagan. Tabiiy sharoitda oʻsadigan yerga ekilganda yaxshi natija bergan.
Muhofaza choralari. Shohimardon daryosi havzasida turni saqlab qolish uchun nazoratxona tashkil kilish kerak.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Kimyo bo'yicha Nobel mukofoti 2018 yil sohiblari aniqlandi.

Ayni vaqtda butun dunyo ilm olamining nigohi Stokgolmga qaratilgan. Shvetsiya Qirollik fanlar akademiyasi 2018 yilgi kimyo boʻyicha Nobel mukofotini ikki – amerikalik Frensis Arnoldga “fermentlar evolyutsiyasi borasidagi ishlari uchun” va mukofotning yarmini amerikalik Jorj Smit va Buyuk britaniyalik Ser Gregori Vinterning “fag genomiga gen kitirish usuli orqali yangi peptid va antitanalarni ishlab chiqarish borasida ishlari uchun” taqdim qildi.

AQSH ning Kaliforniya texnologiyalar institutidan bo'lgan Frensis Arnold kimyo yoʻnalishida Nobel mukofotini qo'lga kiritgan beshinchi ayol boʻldi.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Nerv hujayrasi - neyron

Nerv tizimining funksional birligini neyronlar (nerv hujayralari) tashkil etadi. Ko’pgina neyronlarda uchta qism farqlanadi: neyron tanasi, dendrit va akson. Odamning bosh miyasida 90-95 mlrd atrofida neyron uchrashi aniqlangan. Bir yil davomida bosh miyadagi 4 mlrd neyronlar qayta tiklanadi. Neyronlar o’zaro birlashib “neyronlar tizimi”ni hosil qiladi. “Neyron” atamasini ilk marotaba 1891-yilda G.V.Valdeyer fanga kiritgan.

Neyronlarning strukturaviy klassifikatsiyasi:

Multipolyar neyronlar – bu neyronlar bitta akson hamda 2 va undan ortiq dendritdan tashkil topgan.
Bipolyar neyronlar – bitta akson va bitta dendrit tutgan neyronlar.
Unipolyar yoki pseudounipolyar neyronlar – ularning neyronidan 1 ta o’simta chiqib darhol ikkiga ajraladi. Ularning bittasi uzunroq bo’lib, tananing periferik qismlarida retseptor nerv oxiri hosil qilsa, ikkinchisi markaziy neyrv sistemasidagi (MNS) neyronlarga impulsni yetkazadi.
Anakson neyronlar – ko’pgina dendritlar tutsa-da, aksoni bo’lmaydi. Ular neyronlardagi ion muvozanatini boshqarishda ishtirok etadi.

Neyronlarning funksional klassifikatsiyasi:

Sezuvchi neyronlar afferent nerv deyilib, nerv impulslarni retseptordan qabul qiladi, ya’ni ulardagi nerv impulslari organdan miyaga qarab harakatlanadi. Motoneyronlar (harakatlantiruvchi neyronlar) efferent nerv deyilib, impulsni ichki a’zolarga yetkazib beradi, ya’ni nerv impulslarini miyadan organlarga tomon yetkazadi.

Dentritlar

Ta’sirotlarni qabul qiluvchi va nerv impulsini hujayra tanasiga o’tkazuvchi o’simtalar dendritlar deb nomlanadi. Dentrit atamasini ilk marotaba fanga 1889-yilda shveysariyalik gistolog Vilgelm Gis tomonidan kiritilgan. Dendrit bo’yicha impuls neyron tanasi tomon intiladi. Ular unchalik uzun emas va neyron tanasi yaqinida daraxtga o’xshab shoxlanib tugallanadi.

Akson

Bitta neyronda asosan, bitta akson bo’ladi. Odatda, akson juda uzun bo’ladi. Aksonlar dendritlardan farq qilib, doimiy diametrga ega bo’ladi. Shuningdek, aksonlar bor bo’yiga do’mboqchalar hosil qilmaydi. Aksonlarning protoplazmasi aksoplazma deb atalib, ular neyrofibrillalar, mikronaychalar, ko’p sonli mitoxondriyalar va silliq endoplazmatik to’rdan tashkil topgan. Akson tashqi tomondan miyelin pardasi bilan qoplangan bo’ladi. Miyelin pardasi umurtqali hayvonlarning aksonlarga xos. Uzun akson tanasida bir nechta Shvann hujayralari bo’lib, ularning oralig’ida Ranve bog’lamlari bo’ladi.

Maqolaning to'liq matni bilan hujayra.uz saytida tanishing.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu video orqali nafas olish organlarining tuzilishi, funksiyasi haqida aniq tasavvur hosil qilishingiz mumkin.

🇺🇿 tili: ingliz tilida

Kanalga ulanish:
t.me/hujayrauz
​​Qanotsiz kivi

Kivi
( Apteryx ) - ko'krak toj suyaksiz qushlar infrasinfi, kivisimonlar turkumiga mansub yagona urug' bo'lib, uning hozirda 5 ta turi mavjud. Kivilar Yangi Zelandiyaning endemik turlari hisoblanadi.

Kivilarning hamma turida kuchli oyoqlar va uchida burun teshigi bo'lgan uzun tumshug'i bor. Qanotlari yo'q. Patlari junga o'xshaydi. Tashqi ko'rinishidan boshqa qushlardan farq qiladi. Ajoyib tashqi ko'rinishini hisobga olgan zoolog Uilyam Karder uni "faxriy sutemizuvchi" deb atagan edi.

KLASSIFIKATSIYASI

Kivilarning hozirda 5 turi va 2 kenja turi farqlanadi:
1. Janubiy kivi - Apteryx australis
2. Shimoliy qo'ng'ir kivi - Apteryx mantelli
3. Katta kulrang kivi - Apteryx haastii
4. Kichik kulrang kivi - Apteryx owenii
5. Rovi - Apretyx rowi

TASHQI TUZILISHI

O'rtacha kattalikdagi ushbu qushlar, hajman o'zimizning tovuqlardek keladi. Jinsiy dimorfizm rivojlangan bo'lib, modalari narlaridan yirik bo'ladi. Og'irligi 1,4 - 4 kg atrofida. Qanotlari reduksiya uchragan bo'lib, uning 5 sm atrofidagi o'simtasi qolgan xolos, lekin u ham patlar ichida ko'rinmaydi. Dumi yo'q. Suyaklari uchadigan qushlarnikidan farqli ravishda havo bilan to'lmagan.
Ko'z o'tkirligi past, asosan eshitish va hid bilish organi rivojlangan. Tana harorati 38℃ bo'lib, bu odatdagi qushlarnikidan past, sutemizuvchilarnikiga yaqin.
Kividan o'ziga xos hid taralib turadi, bu esa Yangi Zelandiyada invaziv bo'lgan yangi yirtqich hayvonlar uni hididan juda osonlik bilan topib olishiga yordam beradi.

HAYOT TARZI

Kivilar doimiy yashil o'rmonlar, odatda tunda faol hayot kechiradi. Kunduzi yerga qazigan uyalarida yashirinib yotadi. Tunda anchagina agressiv bo'ladigan ushbu qushlar o'z hududini keskin tarzda qo'riqlaydi. Ular asosan hasharotlar, molluskalar, chuvalchanglar, hamda mevalar bilan oziqlanadi.

KO'PAYISHI

Kivilar monogam qushlar bo'lib, juftlik 2-3 mavsum saqlanadi. Moda qush 450 g keladigan bitta tuxum qo'yadi. Polaponlar 2-2,5 oyda tuxumdan chiqadi.
Kivilar 4-5 yoshida voyaga yetadi, 50 - 60 yil umr ko'radi.

Kivilarning yashirinib hayot kechirishi ularni kundalik hayotda uchratish imkonini qiyinlashtiradi.
Olimlarning e'tirof etishlaricha ming yil avval Yangi Zelandiyada 12 mln atrofida kivi bor edi, lekin 2004 yilga kelib ularning atigi 70000 dona vakili qoldi.
Ularning uchta turi - janubiy kivi, katta va kichik kulrang kivilar Xalqaro Qizil kitobga kam sonli hayvonlar mezoniga asosida, yangi kashf etilgan shimoliy qo'ng'ir kivi esa qirilib ketish xafvi ostidagi hayvonlar mezoni asosida kiritilgan.

Maqolaning to'liq shaklini hujayra.uz saytidan o'qishingiz mumkin.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Dunyoning eng yirik kapalagi

Atlas tovusko'zi ( Attacus atlas ) tangachaqanotlilar turkumiga mansub dunyodagi eng yirik kapalaklardan biri hisoblanadi. Qanotlarini yoyganda ularning o'lchami 25-30 sm gacha yetadi. Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasida tarqalgan, jumladan uni Janubiy Xitoy, Tailand, Indoneziya, Kalimantan, Yavaning kam yomg'ir yog'adigan tropik va subtropik o'rmonlarida uchratish mumkin.

Ushbu kapalaklarning o'g'iz organi rivojlanmagan, shu bois oziqlanmaydi. Qurtlik davrida jamg'argan ozuqasi hisobiga yashaydi. Urg'ochilari erkaklariga qaraganda nisbatan yirik bo'ladi. Urg'ochilari odatda g'umbakdan chiqqanidan so'ng uzoqqa ketmaydi. Erkaklarini jalb etish uchun qorin qismining uchki tomonidagi bezlardan maxsus feromonlarni ishlab chiqaradi. Erkagi mo'ylovlaridagi xemoretseptorlar yordamida bir necha kilometrlardan urg'ochisining hidini tanib, topib keladi. Urug'langan urg'ochi kapalak barglar ostiga diametri 2,5 mm bo'lgan tuxumlarini qo'yadi.

Ikki haftalardan keyin tuxumdan chiqqan lichinka faol harakatlanib sitrus daraxtlarning barglari bilan oziqlanishga kirishadi. Lichinka 11,5 sm gacha o'sadi. Lichinkaning tashqi tomonida oq tikanaklari bo'ladi. Voyaga yetgan qurt daraxtga chiqib, 7-8 sm li pilla to'qiy boshlaydi. Pilla ichida g'umbakka aylanib, 4 haftadan keyin imago (voyaga yetgan hasharot) bo'lib chiqadi.

G'umbakdan chiqqan yetuk hasharot ancha nimjon bo'lib, kuchini tejash maqsadida kunduzlari uchmaydi. Asosan tunda faol harakatlanadi. Ularni yilning istalgan vaqtida uchratish mumkin, lekin asosan sentabr-yanvar oylarida ko'p uchraydi. Og'iz organlari rivojlanmaganligi uchun tanasidagi yog'lar hisobiga ko'payish uchun sherigini topib ko'paygunigacha bir necha kun davomida yashay oladi.

Hindistonda ushbu kapalakning qurtlari xonakilashtirilgan bo'lib, uning pillasidan o'ziga xos jigarrang, mustahkam ipak olinadi. Atlas tovusko'zining ipagi fagara ipagi deb nomlanadi. Tayvanda esa ushbu kapalak pillalari ayollarning mayda katmonlari sifatida qo'llaniladi.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Ekologik tokchalar

Ekologik tokcha - bu turning biotsenozda egallagan o’rni bo’lib, biotsenozdagi o’zaro aloqalarni va tashqi muhit omillariga bo’lgan talabni o’z ichiga oladi. Ushbu termin ikki olim tomonidan fanga kiritilgan. 1917 yilda Jozef Grinnel o’zining bir maqolasida ekologik tokcha atamasini aynan tur egallagan joy ma’nosida qo’llaydi; 1927 yilda Charlz Elton esa ushbu terminni trofik tokcha ma’nosida ishlatadi. Ayni vaqtda esa ekologik tokchalarni tushuntirishda Jorj Hatchinsonning giperhajm modeli ustunlik qiladi.

Ekologik tokchalar organizm yoki populyatsiyaning resurslar va raqobatchilar tarqalgan muhit ta’siriga qanday javob berishini (masalan, o’sish davrida resurslar yetarli bo’lganda yoki yirtqichlar, parazitlar, patogenlar kam bo’lganda) hamda o’z navbatida ularning tashqi muhit faktorini qanday o’zgartirayotganini tushuntiradi.

Grinnel tokchasi turning tarqalgan joyi va shu joyda organizmda xulq-atvor moslanishi bilan aniqlanadi. Elton tokchasi esa tur o’zi egallagan muhitda nafaqat o’sadi va moslashadi, balki shu bilan birga muhitning xususiyatlarini qanday o’zgartirishini ifoda etadi. Hatchinson tokchasi esa turning o’zi tarqalgan muhitdagi o’zaro munosabatlarni matematik va statistik usullarni qo’llagan holda tushuntirishga harakat qiladi.

Ekologik tokcha tushunchasi ekologik biogeografiya fanining markaziy mazmuni bo’lib, u ekologik jamoalarning tarqalish strukturasini o’rganadi.

Endi mavzuni sodda qilib tushuntirishga harakat qilaman. Yer yuzidagi barcha organizmlar o’zining standart ekologik tokchalarida yashaydi va o’zining sistematik o’rniga yaqin bo’lgan organizmlar bilan o’xshash xulq-atvor, moslanish va funksional xususiyatlarni namoyon etadi. Masalan, go’ngxo’r qo’ng’iz hayvon go’ngidan ozuqa sifatida foydalanadi, uning barcha hatti-harakati, moslanishlari o’z ozuqasini o’zlashtirishga qaratilgan. Yoki kolibri qushlarini oladigan bo’lsak, ular ham ma’lum bir hududda yashab o’sha yerda o’sadigan ma’lum turdagi o’simliklarning shirasi bilan oziqlanishga moslashgan. Ularning turdoshlarida ham xuddi mana shunday xususiyatlar namoyon bo’ladi.

Organizmlar o’zining ekologik tokchasidan tashqariga chiqib ketmaydi. Lekin istesno holatlar ham bor albatta. Masalan, Yangi Zelandiya kivilari qushlar kabi chuvalchanglar, hasharotlar bilan oziqlanadi, lekin hayot tarzini sutemizuvchilarnikidek olib boradi. Ekologik tokchalarni o’rganish ekologik jamoalarni tashkil etayotgan organizm va muhitning o’zaro qanday qonuniyatlar asosida bir-biriga moslanishini hamda qanday o’zgarishlarga uchrashligini aniqlash imkonini beradi. Bu esa koevolutsiyaning yorqin misoli bo’la oladi. Koevolutsiya – evolutsiya jarayonida bir-biriga ta’sir ko’rsatuvchi ikki organizmning bir-biriga moslanish qonuniyatlarini o’rganadi. Masalan, bargning ostki tomonida parazitlik qiluvchi barg shiralari o’z o’simligiga moslashgani kabi, o’simlik ham o’z parazitiga moslashadi.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​G'amxo'r otalar aniqlandi

Yosh onalarning xulq-atvori va ularning yangi tug’ilgan chaqaloqlariga bo’lgan munosabatlariga gormonlarning taʼsiri olimlar tomonidan ko’p o’rganilgan. Lekin yosh otalarning xulq-atvori va yangi mehmonga bo’lgan munosabatlarining qon tarkibidagi gormonlar dajarasi bilan korellyatsiyasi borasida amalga oshirilgan ishlar nihoyatda kam.

AQSHning Notr-Dam universiteti olimlari tomonidan yangi ota bo’lgan erkaklar qoni tarkibidagi kortizol va testosteron gormonlarning konsentratsiyasi o’lchanib, ularning yangi tug’ilgan chaqaloqqa nisbatan munosabatlari kuzatib borildi. Tadqiqot natijalari Hormones and Behavior jurnalida chop etildi.

Kortizol odam organizmida buyrakusti bezlarining po’stloq qavatidan, gipofiz bezining kortikosteroid gormoni taʼsirida ajralib chiqadigan gormon bo’lib, u asosan organizmda uglevodlar almashinuvini nazorat qiladi. Shu bilan birga stress holatida organizmning normal holatga qaytishiga yordam beradi, shu bois ham uni stress gormoni deb atashadi. Testosteron ham erkaklar organizmida muhim gormon hisoblanib jinsiy hujayralar hosil bo’lishi hamda ikkilamchi jinsiy belgilarning yuzalanishida muhim o’rin tutadi.

Tadqiqot davomida chaqaloqlari tug’ilishi bilan 298 otalar qonidan namuna olingan. Ular orasida ko’p farzandli otalar bilan birga birinchi marta ota bo’lgan yigitlar ham bor edi. Tadqiqot to’rt oy davom etdi. Aniqlanishicha yangi otalar qonida kortizol miqdori ortgan vaqtda ular farzandlarini qo’llariga olib ular haqida boshqa vaqtdagidan ko’ra ko’proq g’amxo’rlik qilar ekanlar. Shu bilan birga chaqaloq tug’ilganining ikkinchi kunidan keyin qon tarkibidagi testosteron miqdori boshqalarnikiga qaraganda past konsentratsiyada bo’lgan otalar ham farzandlariga ko’proq g’amxo’rlik qilishlari maʼlum bo’ldi.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
"Jajji akademik" bolalar jurnalidagi navbatdagi maqolachamiz chop etilibdi. Jurnalni barcha ota-onalarga tavsiya qilaman. Farzandingizga eng yaxshi sovg'a - "Jajji akademik"!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
To'quvchi qushlarning Yer yuzida 100 dan ortiq turi bor. Ular uyalarini mana shunday qilib to'qib chiqishadi. Odatda nar qush uya to'qiydi.

Kanalga ulanish:
t.me/hujayrauz
Darsliklar - ta'lim sifatining ko'zgusi

O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng ta'lim sifatini oshirishga katta e'tibor berishni, jahon ta'lim standartlari asosida dars jarayonlarini tashkil etishni ta'lim bo'yicha o'z siyosatining asosiy mezonlaridan biri qilib olgan. Yurtimiz o'quv dargohlarida o'qitiladigan darsliklar bugungi kun talablariga javob bera oladimi, ularning yutuq va kamchilikalri nimalar iborat? Ushbu savollarga quyida tahliliy maqolamda javob izlashga harakat qildim. Maqolani o'qishni tavsiya qilar ekanman, agar Sizda maqoladagi fikrlarga qo'shimchalar, e'tirozlar, takliflar bo'lsa bemalol murojaat qilishingiz mumkin.

https://www.xabar.uz/tahlil/darsliklar-darsliklar-darsliklar
​​O'zbekistonga Nobel mukofoti sohibi tashrif buyurmoqda

O'zbekiston milliy universiteti rahbariyatining rasmiy taklifiga binoan Shimoliy Karolina universiteti (AQSH) Biokimyo va biofizika professori, 2015 yil Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjar 2018 yilning 15-22 oktabr kunlari Oʻzbekiston tashrif buyuradi.

Tashrifning maqsadi: molekulyar biologiya sohasida faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassislar bilan tajriba almashish hamda respublikaning yosh olimlarini innovatsion ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan keng shug'ullanishga yo'naltirish.

Tashrif davomida professor Aziz Sanjar bakalavriat, magistratura, doktorantura tahsil oluvchilari va tadqiqotchilarga “DNKning tiklanishi, saraton va kimyoviy davolash” mavzusida onlayn ma'ruza o'tadi. Mazkur ma'ruza respublikaning barcha OTMlari videokonferensiya studiyalarida translyatsiya qilinadi.

Kechroq Aziz Sanjar va uning Nobel olishiga sababchi bo'lgan ilmiy faoliyati haqida batafsil ma'lumot beramiz.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​YASMIQCHALAR

Yasmiqchalar - yosh poyalarda ikkilamchi qoplovchi to'qima peridermada joylashgan, turli xildagi shakl va ko'rinishda bo'lgan gaz almashnuviga xizmat qiladigan yordamchi organ hisoblanadi. Ularni daraxt va butalarning yosh poyalarida osongina payqash mumkin.

Odatda novdalar yuzasini epiderma qoplab olgan bo'lib, ularda joylashgan barg og'izchalari orqali gazlar almashinuvi sodir bo'ladi. Epidermadan keyin periderma hosil bo'lishi bilan barg og'izchalarining hujayralari halok bo'lib, gaz almashinuvi funksiyasini bevosita peridermadan hosil bo'lgan yasmiqchlar davom ettiradi. Yasmiqchalar periderma hosil bo'lguncha rivojlanib bo'lgan bo'ladi. Ayrim barg og'izchalarining ostidagi subepiderma qatlami hujayralarida bo'rtmachalar paydo bo'ladi. Mana shu bo'rtmachalar keyinchalik yasmiqchalarga aylanadi.

Yasmiqchalarning shakliga qarab daraxtlarning turini aniqlash mumkin bo'ladi. Odatda ildizlarda yasmiqchalar bo'lmaydi. Lekin botqoqlikda o'sadigan qarag'ay turlarining ildizlarida yasmiqchalar borligi aniqlangan. Shunday o'simliklar mavjudki, ularning tanasida yasmiqchalarni umuman uchratmaysiz. Bularga tok, uchqat, maymunjon kabi o'simliklar kiradi. Ularning poya hujayralari har yili almashinib turadigan po'stloq yuzalari hisobiga nafas oladi.

Yasmiqchalarni poyadan tashqari yana mevalar yuzasida ham, ayniqsa olma va nokda ko'rish mumkin. Nok mevasi yuzasidagi yasmiqchalarning rangiga qarab turib meva pishgan yoki pishmaganligini aniqlash ham mumkin bo'ladi. Masalan, xom mevalarda yasmiqchalarning rangi yashil, meva pishib borgan sari ularning rangi to'qlashib oxiri jigarrang tusga kiradi. Ba'zan esa mana shu yasmiqchalar orqali meva ichiga turli xilda chirituvchi bakteriya va zamburug'lar tushishi va mevani tezda yaroqsiz holatga keltirib qo'yishi mumkin.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
Qizil kitob haqida xabar

O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobi 2016 yilda qayta nashr qilinishi rejalashtirilgan edi, lekin noma'lum sabablarga ko'ra qayta ishlangan kitob nashrdan chiqmagan. Hozirgina mening qo'limga chop etishga tayyorlangan, lekin chop etilmay qolgan Qizil kitobning o'simliklarga bag'ishlangan birinchi tomi kelib tushdi. Kitobning ichini varaqlar ekanman, mualliflar yangi nashr ustida ancha mehnat qilishgani yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Jumladan, yangi nashrda bezaklar keskin o'zgargan, o'simlik rasmlari o'zgargan, har bir tur o'simlik haqidagi maqolalar mualliflari ko'rsatib o'tilgan.

Shu bilan birga yangi nashrda turlar tarkibida ham o'zgarishlar mavjud. Esingizda bo'lsa 2009 yilgi nashrdan 321 tur o'simlik va 3 tur zamburug' joy olgan edi. Chop etilishi kutilgan 2016 yilgi nashrga esa 48 oilaga mansub 313 tur o'simlik kiritilgan. Mualliflarning qayd etishicha eski nashrdagi 23 tur o'simlik populyatsiyalar maydoni kengaygani hisobiga Qizil kitob ro'yxatidan chiqarib yuborilgan. Ro'yxatga yangi 11 turdagi o'simlik kiritilgan. Yangi nashrdan zamburug'lar joy olmagan.

Shu bilan birga Qizil kitobdagi o'simliklarning maqomi 4 ta guruhga bo'lib chiqilgan.
0. Yo'qolgan yoki yo'qolgan bo'lishi mumkin.
1. Yo'qolish arafasida turgan.
2. Kamyob.
3. Son jihatdan kamayib borayotgan.

Mualliflarning qayd etishlaricha yangi nashrga 0-maqom ostida 18 tur o'simlik kiritilgan bo'lib, ushbu holat mintaqa florasiga antropogen omillari ta'siri yuqori holatda qolayotganligi bilan izohlangan.

Quyida ushbu Qizil kitobning pdf shakldagi elektron variantini yuklamoqdaman. Hurmatli biologlar, tabiatsevar vatandoshlar, Qizil kitobni ko'rib chiqing, o'quvchilar bilan ishlasangiz ularga ham kitob haqida darslar davomida batafsil ma'lumot berib boring. O'lkamiz florasi va faunasining muhofazaga muhtoj vakillari bilan yaqindan tanishtirib boring. Zero, Ona tabiat oldida barchamiz birdek burchlimiz!

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Ilvirs - Qor qoploni - Panthera uncia (Schreber, 1775)
#qizil_kitob

Maqomi. 1(CR): Yo’q bo’lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan tur. TMXI qizil ro’yxatiga kiritilgan ENC1.
Tarqalishi. G’arbiy Tyonshon, G’arbiy Pomir-Oloy. O’zbekistondan tashqarida: Tojikiston, Qirg’iziston, Qozog’iston, Farbiy Sibir janubi, Mo’g’uliston, Xitoy, Afg’oniston, Pokiston, Hindiston, Nepal, Butan.
Yashash joylari. Tog’larning o’rta va yuqori (d.s.b. 2500-4500 m) qismi. Havza ayirgichlari hamda qoyali tosh-sochma qiyaliklarni afzal ko’radi.
Soni. Doimo kam bo’lgan. So’nggi o’n yilliklar davomida soni uzluksiz kamaymoqda. 1980-1990- yillarda Hisor qo’riqxonasida 5-11, 1970-1980- yillarda Chotqol qo’riqxonasida - 1-3 donasi hisobga olingan. Hozirda jami, taxminan, 30-50 donani tashkil etadi.
Yashash tarzi. Oqshomda faol, kunduzi qorlarga, qoyalar orasiga berkinib yotadi. 2 yilda bir marta bolalaydi. Juftlashish davri - fevral-martda. Iyunda bolalaydi (1-5), bolalari 1-1,5 yoshgacha onasidan ajramaydi, 2-3 yilda jinsiy voyaga yetadi. Yovvoyi tuyoqlilar, baʼzan kemiruvchilar bilan oziqlanadi. Tog’ bo’ylab yovvoyi tuyoqlilar ortidan yuqoriga va pastga mavsumiy ko’chib yuradi. Umri uzunligi -21 yoshgacha.
Cheklovchi omillar. Baland tog’ yaylovlarining o’zlashtirilishi, ozuqa manbalarining kamayishi, brakonerlik.
Ko’paytirish. Dunyoning hayvonot bog’larida ko’paytiriladi.
Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. Hisor, Zomin, Chotqol qo’riqxonalari va Ugom-Chotqol milliy bog’ida muhofaza ostiga olingan. SITЕSning I-Ilovasiga kiritilgan.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yuqoridagi video orqali barg ichiga chuqur sayohat qilish imkoniga ega bo'lishingiz mumkin.

Kanalga ulanish:
t.me/hujayrauz
Munosabatga munosabat

Ilm-fan olamiga kirib borar ekansiz dunyoni yaxlit bir tizim sifatida his qila boshlaysiz. Barcha fanlar falsafadan ajralib tarmoqlanib ketgani barobarida, ular oxiri borib yana falsafa bilan tugaydi. Ushbu uyg'unlikni his qilish uchun insondan teran fikrlash, atrof-muhitdagi jarayonlarni tahlil eta bilish va xulosalash talab etiladi.

Men avval ham aytganman, bu haqida aytishdan charchamayman. Biror bir din ilm-fanni inkor etmaydi, ilm-fan ham xuddi shunday. Olim aytmoqchi: "Din - ishonish madaniyati bo'lsa, fan shubhalanish madaniyatidir".

Dinda ham, fanda ham pseudodindorlar, pseudoolimlar bo'lgan, ular hozir ham bor va bundan keyin ham bo'ladi. Ular oltin oraliq chegaralarini payqamaydilar, bu ularning eng katta kamchiligidir.

Jahon ilm-fanining gultoji hisoblangan Abu Rayhon Beruniy, Al Xorazmiy, Ibn Sino, Ar Roziy, At Termiziy, Mirzo Ulug'bek kabi ajdodlarimiz ilmi dunyoviy yoki diniy qilib ajratmaganlar. Aslida ham yuqorida aytganimdek bular barchasi aslida bir butun tizim. Faqatgina haqiqiy ilmdan uzoq kishigina dinni ilmga, ilmni dinga qarshi qo'yadi.

Jurnalist quyidagi maqolani yozar ekan, Nobel mukofoti va Ch.Darvinning evolutsion nazariyasi haqidagi fikrlarim bilan qiziqqan edi. Ularni o'z maqolasida ham keltirib o'tibdi.

Hurmatli tabiatshunos qadrdonlar, bu masalada Sizning fikringiz qanday?

Maqolani 👉 bu yerda 👈 o'qishingiz mumkin.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Odam terisi

Odam tanasi tashqi tomondan teri bilan qoplangan bo'lib, uning sathi katta yoshli odamlarda 1,5 - 2,3 m^2 ni, massasi esa tana massasining o'rtacha 4-6 foizini, gipoderma bilan qo'shib hisoblanganda esa 16-17 foizini tashkil etadi. Teri organlar ichida sathi kattaligi bo'yicha ikkinchi o'rinda turadi (birinchi o'rinda ingichka ichak). Teri yetti qavatgacha ektodermal to'qimalardan tashkil topgan bo'lib, muskullar, suyak, bo'g'im va ichki organlarni himoya qilib turadi. Odamning terisi tuzilishi bo'yicha ko'pgina sutemizuvchilarning terisi bilan o'xshash. Butun teri yuzasida soch follikulalari bo'lsada, barchada ham teri tuklar bilan qoplangan bo'lmaydi. Tukli va tuksiz teri farqlanadi. Terining rangi odamlarning populyatasiyalariga qarab turlicha bo'ladi. Bundan tashqari quruq va yog'li terilar farqlanadi. Inson terisining yuza qismida 100 tipga mansub 1000 ga yaqin bakteriya turi yashashi aniqlangan.

Bir dyum kvadrat (6,5 sm^2) teri sathida 650 ta ter bezlari, 20 ta qon tomirlari, 60 000 ta melanotsit va 1000 dan ortiq nerv uchlari joylashgan.

TERINING TUZILISHI

Teri uch qavatdan tashkil topgan: epidermis, derma, gipoderma.

Epidermis. Ushbu qatlamda qon tomirlari mavjud emas. Uning hujayralari derma qatlamidagi qon tomirlaridan diffuziya yo'li bilan ozuqa moddalarini qabul qiladi. Havoni esa to'g'rida- to'g'ri tashqi muhitdan oladi. Epidermisni Markel hujayralari, keratinositlar, melanotsitlar va Langergans hujayralari (Langergans orolchasi bilan adashtirmang) hosil qiladi. Epidermis o'z navbatida 5 qavatdan tashkil topgan. Insondagi oqsil kodlovchi genlarning 70 foizi aynan epidermisda ekspressiya qilinadi.

Derma. Epidermis ostida joylashgan ushbu qavat biriktiruvchi to'qimadan tashkil topgan bo'lib, tanaga tushadigan stress va bosimning kuchini kamaytiradi. U epidermis bilan bazal membrana orqali birikkan bo'lib, unda paypaslash va issiqlikni sezuvchi nerv uchlari joylashgan. Dermada soch follikulalari, ter va yog' bezlari, apokrin bezlar, limfa va qon tomirlari joylashgan.

Gipoderma. Ushbu qavat derma ostida joylashgan bo'lib, biriktiruvchi to'qima va yog' to'plamidan tashkil topgan. Uning asosiy vazifasi oziq modda jamg'arish va terining termoregulyatsiya xususiyatini taminlashdan iborat.

TERINING FUNKSIYALARI:

1) nafas olish;
2) himoya;
3) termoregulyatsiya;
4) suv va tuz almashinuvi;
5) ayirish;
6) qon deposi;
7) gumoral va metabolizm;
8) retseptor;
9) immun.

Teri va unga bog'liq jarayonlar bilan dermatologiya fani shug'ullanadi.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​O'zbekiston florasini o'rganamiz
#botanika #bilasizmi

Bu galgi so'rovnomamizda, ko'pchilikka tanish bo'lgan yana bir o'simlik haqida so'z boradi. Siz bu o'simlikni eshitish bilan birga, bir necha marotaba ko'rgansiz. U haqida testlar yechgansiz. Chinniguldoshlar olasiga mansub ushbu o'simlikning gullari asalshiraga boy bo'lib, bu o'simlik biz sevgan bir taom bilan bog'liq. Agar uni tanigan bo'lsangiz, uning nomini ko'rsating.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu videoda amyobaning infuzoriyalardan tulefka va stentorni qanday qilib qamrab olayotgani va hazm qiluvchi vakuola hosil qilayotganini ko'rishingiz mumkin.

Kanalga ulanish:
t.me/hujayrauz